Zamonaviy texnologiyalar va pedagogik talablarning mukammal uyg‘unligi
Word (.docx, .doc) va PDF formatdagi savolnomalar va mezonlarni o‘qituvchi botga yuborishi bilan tizim avtomatik tahlil qiladi.
O‘qituvchi bir nechta varaqalarni albom qilib yuboradi. Tizim bir xil varaqa takror yuborilishini aniqlaydi va uzilgan sessiyani tiklaydi.
Oddiy testlar, moslashtirishlar va sonli javoblar qat’iy dasturiy kod bilan tekshiriladi (neyrotarmoq taxminlarisiz). Insholar esa maxsus rubrikalar bo‘yicha baholanadi. O‘quvchi berilgan bir nechta mavzudan birini tanlaganida, tizim qaysi mavzu yozilganini aniqlaydi va kerakli mezonni ishga tushiradi.
Q1..Q4: Sof dasturiy kod orqali hisoblangan (11 / 11 ball)
Q5: Mavzu 2 aniqlandi · Ilmiy dalillash: 5/6 ball
Qaysi savolda qancha o‘quvchi xato qilgani, qaysi javob varianti chalg‘ituvchi bo‘lgani batafsil ko‘rsatiladi. Sinfdagi qiyin mavzular aniqlangach, o‘sha mavzular bo‘yicha yangi mashqlar to‘plami tuziladi.